Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Isroil sobiq bosh vaziri, 71 yoshli Ehud Olmert ko‘ksidagi og‘riqlar tufayli qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Olmertni ko‘zdan kechirgan shifokorlar yurak xuruji ehtimolini rad etdi. Shunday bo‘lsa-da, uning oxirgi paytda oriqlab ketganini inobatga olib, qo‘shimcha tahlillar belgilandi. 

Isroilni 2006-2009-yillarda boshqargan Olmert Quddus meri bo‘lib turganda “Xolilend” majmuasini qurgan kompaniyadan pora olganlikda aybdor deb topilgandi. 

U dastlab 6 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, apellyatsiyadan so‘ng bu muddat 19 oygacha keltirildi. Olmert 2016-yil 15-fevralidan Ramladagi “Maasiyagu” qamoqxonasida jazosini o‘tay boshladi. Joriy yil 29-iyunda uni muddatidan oldin shartli ravishda ozod etish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi