20-iyun kuni Surxondaryo viloyatida imom-xatiblar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va barcha imom-xatiblar ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Sayfidinov Aliakbar Habibullayevich O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili va Sherobod tumani “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi.
Shuningdek, Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olish, fuqarolar hayit ibodatini emin-erkin ado etishi uchun imom-xatiblar tomonidan bajarilish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Viloyat imom-xatiblari yangi bosh imom-xatib bilan hamjihat bo‘lib ishlashga va berilgan topshiriqlarni to‘la qonli bajarishga bor kuch-g‘ayratlarini sarflashni bildirdi.
Izoh (0)