AQShning The Ulmer Family Pharmacy dorixonasi ish haftasi boshida ularga tashrif buyurgan birinchi mijozi suratini Facebook’dagi sahifasiga joyladi. U quyoshda toblanayotgan timsoh edi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Internet foydalanuvchilari uning quyoshdan qorayishga qarshi krem uchun kelganligini taxmin qildi.Chop etilgan suratga ko‘ra, “mijoz” o‘zini osoyishta tutgan. Dorixona egasi ham u hech qanday xavf tug‘dirmaganligini tasdiqlagan.
“Xavotir olmang, bu yangi qo‘shnimiz. U yaqinda yaqin-atrofdagi suv havzasiga ko‘chib keldi va shu atrofdagi dorixonaga kirib o‘tmoqchi bo‘ldi”, — deb yozdi The Ulmer Family Pharmacy vakili.
Izoh (0)