Fransiya va Angliya o‘rtasidagi dramatik o‘yinda Desham jamoasi iroda ko‘rsatdi (video)
Kecha — 13-iyun bir qator mamlakatlar FIFA kunlaridan unumli foydalanib, o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.
JCh—2018 saralashining so‘nggi turida ochko yo‘qotgan Fransiya va Angliya termalari o‘zaro maydonga tushdi. Dramatik ruhda kechgan o‘yin mezbonlarning irodali g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Mundial yo‘lida Fransiya terma jamoasi Ugo Lyorisning xatosidan keyin Shvetsiyada mag‘lub bo‘lgan, Angliya esa Britaniya derbisida Shotlandiya bilan ochkolarni bo‘lib olgandi.
FIFA kuni O‘rtoqlik o‘yinlari 13-iyun, seshanba
Fransiya — Angliya 3:2
Gollar: Harri Keyn, 9 (0:1). Samuel Umtiti, 22 (1:1). Jibril Sidibe, 43 (2:1). Harri Keyn, 48-pen (2:2). Musa Debmele, 78 (3:2).Chetlatish: Rafael Varan, 47 (F).
Izoh (0)