AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosining sobiq rahbari Robert Myullerni Rossiyaning mamlakatdagi prezident sayloviga aralashuvi masalasi bo‘yicha maxsus prokurorlikdan ozod qilishi mumkin. Bu haqda prezidentning do‘sti, Newsmax Media kompaniyasi rahbari Kristofer Raddi PBS telekanaliga bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“O‘ylashimcha, Tramp uni maxsus prokuror lavozimidan ozod qilish masalasi ustida o‘ylamoqda, — dedi Raddi. — O‘ylashimcha, u bu variantni ham ko‘rib chiqmoqda”.
“O‘ylaymanki, bu uning advokatlaridan biri aytgan so‘zlardan so‘ng ma’lum narsaga aylanib qoldi”, — qo‘shimcha qildi Raddi.
Newsmax Media rahbarining so‘zlariga qaraganda, Myullerning chetlashtirilishi uchun sabablardan biri manfaatlar ixtilofi bo‘lishi mumkin, negaki u FQBning sobiq rahbari ishlagan firma Tramp oilasining manfaatlarini himoya qiladi. Bundan tashqari, Raddining ma’lumotlariga qaraganda, Tramp Myullerni FQB rahbari etib tayinlash masalasi ustida o‘ylagan hamda u maxsus prokuror etib tayinlanishidan bir necha kun muqaddam u bilan uchrashuv o‘tkazgan.
“Shaxsiy fikrimga ko‘ra, bu (Myullerning ishdan bo‘shatilishi) katta xato bo‘ladi”, — dedi Raddi.
Izoh (0)