Qatarlik tadbirkor Mu’taz al-Hayat aholini sut mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 4 ming sigir sotib oldi va endilikda ularni mamlakatga yetkazib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Sigirlar AQSh va Avstraliyada sotib olingan. Ular Qatarga yetkazilishi uchun umumiy miqdorda 60 reys amalga oshirilishi talab etiladi. Qatarda o‘z sut mahsulotlarining ishlab chiqarilishi iyun oyining oxiridan boshlanib, iyul oyining o‘rtalarigacha mamlakatdagi sutga bo‘lgan talabning uchdan birini qondirishi kutilmoqda.
Al-Hayat ilgari Doha yaqinida hayvonotchilik fermasini ochib, sut mahsulotlari ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirgan edi, ammo sigirlar dengiz yo‘li orqali olib kelinishi rejalashtirilgan edi. Arab davlatlari Qatar bilan aloqani uzganidan so‘ng u xaridlarni tezlashtirishga majbur bo‘ldi. Sigirlarni yetkazishning o‘zi 8 million dollarga tushishi aytilmoqda.
Ilgari Qatar sut mahsulotlarini Saudiya Arabistonidan xarid qilardi.
Izoh (0)