Professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Shohjahon Ergashev faoliyatini AQShda davom ettiradi.
Uning navbatdagi jangmi 4-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Raqib kim bo‘lishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Rossiya OAV Ergashev AQSh kompaniyalaridan biri bilan shartnoma tuzgani haqida aytib, endi uning janglari mamlakat televideniyesi orqali ko‘rsatilishi haqida ma’lumot bergandi.
O‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Fazliddin G‘oibnazarov esa 5-avgust kuni ringga chiqadi. Markaziy jangida Vasiliy Lomachenko kurash olib boradigan boks kechasi Los-Anjelesdagi “La Leykers” basketbol arenasida bo‘lib o‘tadi.
G‘oibnazarovning raqibi kim bo‘lishi hozircha noma’lum. U professional ringda hozircha ikki jang o‘tkazib, har ikkisida ham raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Birida nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Izoh (0)