UEFAga a’zo mamlakatlar JCh—2018 saralashining 6-turini boshladi.
“A” guruhida Shvetsiya terma jamoasi peshqadam Fransiyani mag‘lub etib, guruh yetakchisiga aylanib oldi. “Tottenhem” posboni Ugo Lyorisning so‘nggi daqiqasidagi xatosi Desham shogirdlari uchun qimmatga tushdi.
Tomonlarning Fransiyada kechgan birinchi o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida ustun kelgandi. 6-turdan keyin har ikki mamlakat bosh jamoalari 13 tadan ochkoga ega.
O‘z maydonida 5 ta gol farqi bilan zafar quchgan Gollandiya terma jamoasi uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bunda ular Bolgariyaning mag‘lubiyatidan unumli foydalanib qoldi.
JCh—2018. Saralash “A” guruhi. 6-tur 9-iyun, juma
Izoh (0)