Restavek (fransuzcha rester avec — “bilan qolish”) — qashshoq Gaiti oilasidan chiqqan va ota-onasi badavlatroq oilaga bepul xizmatkor sifatida berib yuborgan bola. Ayni paytda bepul xizmat qiluvchi kichik ishchilar soni 286 ming kishiga yetgan. Yegulik va boshpanadan tashqari, restaveklar ko‘pincha kaltaklar va haqoratlar bilan ham “siylanadi”, ba’zan esa jinsiy zo‘ravonlikka ham uchraydi, ammo bolani qullikka berish — qashshoqlar uchun hamon ommabop qaror bo‘lib kelmoqda, chunki boshqa yo‘li yo‘q. XXI asrning voyaga yetmagan qullari kundalik hayoti haqida Dye Nalio Sheri fotohikoya tayyorladi.
13 yoshli yetimcha Medej Dorlyu (o‘rtada) o‘z bekasining qulog‘iga zirak taqib qo‘ymoqda.
Medejning omadi chopdi: uni begona odamlar emas, marhum onasining do‘stlari o‘z uyiga oldi.
Medej nafaqat uyning bekasiga, balki oilaning barcha a’zolariga qarashishi kerak (masalan, o‘zidan sal kattaroq bo‘lgan Stefaniga).
Medej xo‘jayinining Port-o-Prensdagi uyi hovlisida kir yoymoqda. Ertalab u maktabga boradi, qaytib kelgach uy yumushlarini bajaradi.
Medej xo‘jayini uyidagi ko‘zgularni tozalamoqda. “O‘z oilang bilan birga yashash va begona uyda yashash — bir xil narsa emas”, — deydi qizaloq.
12 yoshli Uotson Sen Fler (o‘rtada) suv solingan paketni orqalab ketmoqda, uni u Port-o-Prens tashqarisidagi Petyon-Vill ko‘chalarida sotadi. “U meni savalayotganida: ‘Onang o‘lgan-ku, sen nimaga o‘lmading?’ deb aytadi”, — deydi bolakay o‘z bekasi haqida.
Uotson 12 yoshda bo‘lsa-da, biror marta maktabga bormagan.
Suv sotishga otlanishdan avval Uotson xo‘jayinining yetti yoshli o‘g‘lini cho‘miltiradi, u bola maktabga boradi.
Maurice Sixto Foundation fondi aktivistlari Uotsonni o‘g‘il bolalar uchun rezidensiyaga olib ketishga umid qilmoqda, u yerda bola o‘qiy oladi.
Mahalliy xayriya tashkilotlari ishchilari ta’kidlashicha, Gaitida restaveklar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Izoh (0)