Litva poytaxti Vilnyusning eski shahar qismida inson suyaklari solingan to‘qqizta qop topildi. Bu haqda, shahar politsiyasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, bir ayol politsiyaga murojaat qilib, Leyiklos ko‘chasida uylar orasidan inson suyaklari topilganini bildirgan. Politsiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng ko‘chada inson suyaklari parchalari borligi tasdiqlangan.
Suratlardan ma’lum bo‘lishicha, suyaklar qoplarga birga solingan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, 2015-yili yerni xususiy shaxs sotib olib, qurilish boshlagan. Ammo mahalliy aholi bino qurilishiga norozilik bildirganidan so‘ng ishlar to‘xtagan.
Suyaklar ikki yil muqaddam qurilish paytida qazib olingani taxmin qilinmoqda.
Bu hududdan ilgari ham suyaklar topgan, negaki XIX asrda bu yerda qabriston joylashgan.
Izoh (0)