“Vedomosti” nashri so‘nggi kunlarda bir nechta davlat aloqasini uzgan mamlakat — Qatarning iqtisodiy xususiyatlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Qatar — Yaqin Sharqdagi davlat, Arabiston yarimorolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Maydoni — 12 000 kvadrat metr. Aholisi — 2,2 million (2015-yil ma’lumoti). Poytaxti Doha shahrida 400 ming aholi istiqomat qiladi. Suratda Dohadagi “Qatar marvaridi” nomli sun’iy orol — ushbu oroldan chet elliklar joy sotib olishiga so‘nggi yillardagina ruxsat berildi.
Mamlakatda neftni qazib olish 1935-yilda boshlangan. Qatar 1961-yildan beri OPEK a’zosi. Neft zaxiralari — 2,7 milliard tonnaga teng. Bu dunyodagi neft zaxirasining 1,5 foizini tashkil etadi.
Shu bilan birga Qatar dunyoda suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksport qiluvchi yirik davlat. Qatar 2016-yilda 77,2 million tonna STG eksport qildi, bu jahon bo‘yicha eksport qilingan STGlarning uchdan birini tashkil qiladi. Qatar gaz zaxirasi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda — Eron va Rossiyadan keyin.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda Qatar YIMi 164,6 milliard dollarni tashkil etgan. 77,3 milliard dollar eksportdan, jumladan, neft va gazning ulushi 37 foizni tashkil qiladi. Kishi boshiga YIM — 68 765 dollarni tashkil etadi.
Qatarda AQShning Yaqin Sharqdagi eng katta Harbiy-havo kuchlari bazasi joylashgan bo‘lib, u o‘z ichiga 120 samolyot, jumladan, suratdagi B-52 Stratofortress qiruvchi samolyotini ham oladi. AQSh bularni 2016-yil aprelida, IShID terrorchilarga qarshi kurashish maqsadiga joylashtirgan.
2016-yil bo‘yicha davlat kompaniyalarining daromad hajmi: Qatar National Bank (11,7 milliard dollar, kapitallizatsiyasi 37,7 milliard dollarga teng), Ooredoo Telecom (8,9 milliard dollar, kapitalizatsiyasi 9,1 milliard), Commercial Bank of Qatar ( 1,7 milliard dollar, kapitalizatsiyasi 3,4 milliard).
Arab telekanallari ichida eng yiriklaridan biri Al Jazeera Qatarga tegishli. Telekompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, uni 100 mamlakatda 310 million xonadon tomosha qiladi. Telekanalning dunyo bo‘ylab 70 ta redaksiyasi bor, jumladan, Moskvada ham.
2022-yilning noyabr oyini oxiri hamda dekabr oyining boshida Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatning yiriki aviakompaniyasi Qatar Airways 5-iyun kuni Saudiya Arabistoniga parvozlarini to‘xtatganini ma’lum qildi. Bunga qadar amirlikning FlyDubai hamda Emirates, Air Arabia, Etihad Airways kompaniyalari ham Qatarga parvozlarini bekor qilishga tayyorlanayotgan edi.
Qatarda oziq-ovqat mahsulotlari asosan Saudiya Arabistonidan import qilingani sabab, endilikda oziq-ovqat narxlari oshishi kutilmoqda. Tahlilchilar iqtisodiy o‘sishning pastlashini taxmin qilishmoqda. Shundoq ham tashqi qarzi 105 milliard dollarni tashkil qiladigan bank sektorlari, Qatar Airways kompaniyalari zarar ko‘radi.