“Islom.uz” sayti ma’muriyati saharlikning vaqti o‘tib ketsa, ro‘za qazo bo‘lish-bo‘lmasligi haqidagi savolga javob berdi.
“Umrimda birinchi martda ro‘za tutgandim. Ro‘za tutish kalendarida 3:25 sahar, deyilgan ekan, men o‘sha vaqtdan 3:40 gacha saharlik qilibman. Ertasiga qarindoshim ‘adashibsan Ramazon taqvimida 3:25 sahar deb qo‘yilgani bu 3:25 gacha saharlikni tugatish kerakligi va bomdod kira boshlashi’ dedi. Meni ro‘zam noto‘g‘ri bo‘ldimi? Qazo bo‘lib qoldimi?”, — deb murojaat qilgan sayt foydalanuvchisi.
“Qasddan yeb-ichganligingiz uchun Ramazondan keyin o‘sha kungi ro‘zangizni boshqa tutib berasiz. Shu o‘rinda ko‘pchilik bilishlari kerak bo‘lgan bir masalaki, agar ro‘zador bilmasdan yeb-ichib qo‘ysa buning hech qanday zarari yo‘q”, — deya aniqlik kiritadi sayt ma’muriyati.
Izoh (0)