Livan va Suriya chegarasida o‘zaro raqobatdagi terrorchi guruhlar — IShID va “Jabhat an-Nusra” terrorchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Aytilishicha, tog‘li tumanlardan birida, Livanning Ersal shahri yaqinidagi Saxl Ajram vodiysida IShID “Jabhat an-Nusra” marralariga hujum qilgan. Hujum xudkushlarning “Jabhat an-Nusra” marralari yaqinida o‘zini havoga uchirishidan boshlangan.
IShID terrorchilari dushman tomonning qarshiligiga duch kelib, suriyalik qochqinlar lagerlari joylashgan Xmayid vodiysiga yorib o‘tishga uringan, ammo u yerda Livan armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan va maqsadiga erisha olmagan.
Livan armiyasi himoya qilayotgan Ras-Baalbek shahri yaqinida terrorchilarga zarba berilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)