Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2-iyun kuni Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi markazi direktori, akademik Leo Bokeriya O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya SSV bosh kardioxirurgi Leo Bokeriya tashrif davomida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali faoliyati bilan tanishadi.

Foto: O‘zbekiston SSV axborot xizmati

Foto: O‘zbekiston SSV axborot xizmati

Leo Bokeriya o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik muolajalarini o‘tkazadi — ushbu jarayon O‘zbekiston kardiojarrohlari uchun o‘ziga xos master-klass vazifasini ham o‘taydi. Rossiyalik akademik Xorazm viloyatida 4-iyunga qadar bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialida O‘zbekiston Prezidenti ko‘rsatmasiga asosan Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filiali tashkil etilmoqda. Hozirda bu yerda yiliga 100 dan ortiq kardioxirurgik amaliyotlar o‘tkazilayotgan bo‘lsa, filial mintaqaviy shifoxona maqomini olgach, bu ko‘rsatkich 3—4 barobar oshishi kutilmoqda.

Shu vaqtgacha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialida vazni 10 kilogrammdan kam bo‘lgan chaqaloqlarda kardiojarrohlik amaliyoti o‘tkazilmagan. Ilmiy-amaliy markaz filiali Xorazmda ish boshlashi xorijlik hamkasblar bilan birga shu yerning o‘zida bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ham murakab yurak jarrohligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?