Zamonaviy Xitoy o‘zining ulkan zavodlari, sanoqsiz shaxtalari, tekstil sanoati bilan mashhur. Biroq Xitoy o‘zining jozibador va go‘zal arxitektura ishnootlari bilan ham kishini hayratga soladi. “Layfxaker” Xitoydagi eng ajoyib binolar suratlarini yig‘ib taqdim etdi.
Xarbindagi opera teatri
Xarbin shahriga qurilgan ushbu ajoyib opera teatri o‘zining qishgi festivallari bilan mashhur. U ikkita zaldan iborat bo‘lib 79 000 kvadrat metr maydonni egallagan. Katta zaliga 1600 tomoshabin, kichkinasiga 400 tomoshabin sig‘adi.Shanxay minorasi
Ushbu minora Shanxay shahridagi ulkan osmono‘par minoralardan biri. Binoning balandligi 632 metr, maydoni esa 380 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Minoradan turli kompaniyalarning ofislari, ko‘ngilochar va savdo markazlari, mehmonxonalar, sartaroshxonalar va do‘konlar joy olgan.Uxan shahridagi inqilob muzeyi
Uxan Xitoy markaziy qismida joylashgan aholisi bo‘yicha eng katta shahar. U o‘z tarixi aks etgan 2011-yilda qurilgan muzeyi bilan mashhur.Pekindagi Galaxy SOHO kompleksi
330 000 metr kvadrat joyni egallagan ushbu kompleks beshta binodan iborat. Pastki qavatlari ko‘ngilochar savdo markazlariga, 12-qavatdan yuqorisi esa ofislar uchun mo‘ljallangan.Ordosa shahri tarix va san’at muzeyi
Ordos shahri 2003-yilda qurila boshlagan. Loyiha bo‘yicha shahar bir million kishiga mo‘ljallangan, biroq hozirda u yerda 20 ming odam istiqomat qiladi. Ushbu muzey turistlarni o‘ziga jalb qiluvchi asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri.Pekin milliy stadioni
Ushbu ko‘p tarmoqli sport kompleksini tashqi ko‘rinishi sabab ko‘pincha “Qush uyasi” deb atashadi. Kompleks 2008-yilgi Olimpiada o‘yinlari oldidan qurilgan. Stadionning qurilish ishlari 325 million yevroga baholangan.Xuchjou shahridagi Sheraton mehmonxonasi
Bu mehmonxona negadir “taqa” nomini olgan. Inshoot xitoylik taniqli arxitektor Ma Yansong loyihasi asosida qurilgan. Qurilish ishlari 2014-yilda yakunlangan. Bino Sheraton tarmog‘iga 1,5 millard dollarga tushgan. Ushbu mehmonxona dunyodagi eng qimmat mehmonxonalari o‘ntaligidan joy olgan.Milliy sahna san’atlari markazi
Milliy sahna san’atlari markazini “tuxum” deya atashadi. Bu noodatiy bino titandan ishlangan. Inshoot dunyoning eng yaxshi 69 arxitektorlari ichidan tanlab olingan Pol Andre loyihasi asosida qurilgan. Milliy sahna san’ati markazi uchta zaldan iborat: opera zali (2 416 kishiga mo‘ljallangan), musiqiy (2 017) va teatr uchun (1040).Chendu shahridagi “Yangi asr” global markazi
Ushbu bino dunyodagi eng katta yaxlit bino deya topilgan. Umumiy maydoni 1,76 million metr kvadratni tashkil etadi, balandiligi 100 metr, eni 400 metr va uzunligi 500 metrga teng. Bino 18 qavatdan iborat bo‘lib deyarli temir va oynadan qurilgan.Fushun shahridagi “Hayot uzugi”si
Fushun shahridagi ushbu bino uzukni eslatadi. Tashqi diametri 170 metrga, ichki diametri esa 150 metrga teng. Yuqori qismida tomosha maydoni joylashgan. Uni qurishda 16 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.
Izoh (0)