Robototexnika eksperti Xizer Nayt Tesla elektrokarlari avtomatik boshqaruv tizimi ishlash prinsiplarini o‘rganib chiqib, ular velosipedchilarga xavf tug‘dirishi mumkin degan xulosaga keldi. U o‘z maqolasini Medium’dagi blogida e’lon qildi.
Naytning tushuntirishicha, avtopilotni sinash jarayonida u mashina o‘zini velosipedchilar yaqinlashganda g‘alati olib borishini sezgan. Uning ishontirishicha, Tesla bu holda oldida odam turganini tushunmay, velosipedga kichik avtomobil sifatida qaraydi.
“Obyektning aniqlanmasligi Tesla uni ko‘rmayapti degani emas. Ammo inson hayoti turganida biz hech qachon velosipedchilar oldida Tesla avtopilotidan foydalanmaslikni tavsiya etamiz”, — xulosa qildi Nayt.
Shu bilan birga, olim Tesla avtonom tizimining boshqa xususiyatlarini ijobiy baholadi.
Izoh (0)