Bugun — 31-may kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma olgan barcha — sakkiz klubi nomi aniq bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” Xitoyning boshqa bir klubi “Jiangsu”ga qarshi saf tortadi. Tomonlarning Shanxayda o‘tgan birinchi o‘yinida Ahmedov gol urib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shgandi — 2:1.
Kecha — 30-may kuni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Xitoyning “Guanjou Evergrand” klubi chorak finalga yo‘llanma olgan o‘yinda ishladi. Yaponiyada mehmon bo‘lgan Skolari shogirdlari “Kashima Antlers” klubidan 1:2 hisobida yengildi. Tomonlarning Xitoydagi o‘yinida “Guanjou Evergrand” minimal hisobda ustun kelgandi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘tib olish O‘zbekistonning ikki yetakchi klubi — “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor”ga nasib qilmadi. Hozirga qadar “Al-Ayn” (BAA), “Al-Ahli” (Saudiya), “Al-Hilol” (Saudiya), “Persepolis” (Eron), “Kavasaki Frontale” (Yaponiya), “Guanjou Evergrand” (Xitoy) klublari chorak finalga yo‘l olib ulgurdi.
Izoh (0)