KXDR armiyasi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazish uchun mamlakat oliy rahbariyati buyrug‘ini kutib turibdi, bu boradagi barcha tayyorgarliklar tugatilgan. Bu haqda, respublikaning “Nodon sinmun” gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, mamlakat olimlari va texnologlari allaqachon Hwason-12 va Pukguksong-2 strategik ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazib bo‘lgan.
Gazetada ta’kidlanishicha, “AQSh va uning vassallarida shok keltirib chiqargan” mazkur sinovlar mamlakatga Shimoliy Koreya qudratini namoyish qilgan.
Izoh (0)