Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avstraliya hukumati Afg‘onistonga qo‘shimcha 30 nafar harbiy xizmatchi yuborishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Maris Peyn ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Afg‘onistonning terrorizmga qarshi global kurashdagi markaziy o‘rnini hisobga olib, Avstraliyaning qo‘llab-quvvatlash missiyasiga qo‘shiladigan ulushni oshirishi to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror hisoblanadi. Harbiylarning Afg‘onistonga jo‘natilishi aniq muddatlari yaqin haftalar mobaynida e’lon qilinadi”, — dedi Maris Peyn.

Avstraliya Afg‘onistonga harbiy kontingentini 2001-yilda jo‘natgan, 13 yil davomida uning tarkibi o‘rtacha 1500 xizmatchidan iborat bo‘lgandi. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatda 42 nafar avstraliyalik halok bo‘ldi, 260 nafardan ortig‘i jarohat oldi. 

2013-dekabrida sobiq bosh vazir Toni Abbot Uruzgon viloyatidagi harbiy bazaning yopilishi va barcha qismlarning uyga qaytishini ma’lum qildi. Hukumat o‘shanda Afg‘onistonda yo‘riqchilar va maxsus bo‘linmani qoldirishga qaror qilgandi. 

Hozirda mamlakatda, asosan Kobul atrofida 270 nafarga yaqin avstraliyalik maslahatchi va maxsus bo‘linma harbiylari bo‘lib turibdi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi