Keng fyuzelyajli Airbus A380 superjeti xususiy reaktiv samolyotlar rivojlanishining yangi bosqichini ochib berdi. Biroq Cirrus Vision Jet barchasini o‘zgartirdi. Lifter nashri yangi samolyot haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi
Circus kompaniyasining vitse-prezidenti Ben Kovalskining so‘zlariga ko‘ra, Vision Jet’ni yaratish uchun 10 yil sarflangan. Samolyotning seriyali ko‘rinishi birinchi parvozni 2016-yil may oyida amalga oshirgan.
Kovalskining aytishicha, Vision Art xususiy foydalanuvchilar va hududiy savdo reyslari uchun mo‘ljallangan.
Bu bir dvigatelli birinchi xususiy samolyot. Vision Art 8500 metr balandlikda 555 km/soat tezlikda parvoz qila oladi. Samolyot 555 km/soat tezlikda 1850 kilometrgacha, 444 km/soat tezlikda esa 2220 kilometrgacha ucha oladi.
Samolyot salonining balandligi 1,2 metr, eni 1,5 metr bo‘lib, unda besh nafar katta yoshli yo‘lovchi va ikkita yosh bola joylashadi.
Izoh (0)