Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Abu-Dabining shahar rejalashtirish kengashi poytaxtdan janubi-g‘arbda joylashgan Hudayriyat orolida qurilish olib borish bo‘yicha loyihaning boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.

Foto: UAE Inside

Foto: UAE Inside

Loyihaning yetakchi dizayneri etib AQShning CBT Architects firmasi me’mori tayinlangan. Dizayner taxminan 3 ming gektar maydonda shaharacha qurishni rejalashtirmoqda. Shaharcha turli qavatli uylar, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga oladi.

Loyiha mualliflari asosiy e’tiborni hududning ekologik o‘ziga xosligiga qaratmoqchi. Bu yerda suv sporti turlarini rivojlantirish va sog‘lom hayot tarzini olib borish mumkin bo‘ladi.

Asosiy bezak elementi sifatida loyihachilar qirg‘oqbo‘yida 30 kilometrli yo‘l qurishni rejalashtirmoqda. Yo‘l qirg‘oq chegarasini belgilash bilan birga, orolning turli nuqtalariga oson yetib olish imkonini beradi. Uning obodonlashtirilishini dizaynerlar dam olish, sayr qilish va yashil hududi bo‘lgan plyaj qurishdan boshlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj