Turkiyaning Eskishehir viloyatida Vizantiya davri qabrini 4 million dollarga sotib yuborishga uringan 12 kishi hibsga olindi. Bu haqda, Hurriyet gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, qabr ichida skelet ham bo‘lgan.
Politsiyaning kontrabandaga qarshi kurash bo‘linmasi xodimlari o‘zlarini qadimiyat obidasini sotib olishga qiziquvchilar sifatida ko‘rsatib, jinoyatchilarni aniqlagan va ularni ushlagan.
Qabr yer ostidan chiqarib olinib, mahalliy arxeologiya muzeyiga yuborilgan.
Izoh (0)