Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yuz bergan teraktga aloqadorlikda sakkiz kishi qo‘lga olindi. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Ian Xopkins ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Sakkiz kishi hibsga olingan, kuni kecha qo‘lga olingan yana bir kishi hech qanday ayblov e’lon qilinmasdan qo‘yib yuborildi”, — dedi Xopkins.

“Shuni qayd etmoqchimanki, bu muhim hibsga olishlar hisoblanadi”, — deb qo‘shimcha qildi Manchester politsiyasi rahbari.

22-may kuni Manchester Arena kompleksida Ariana Grandening konserti vaqtida terakt sodir bo‘ldi. Portlashni xudkush Salmon Obidiy amalga oshirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘ldi, jumladan 12 bola ham. Kasalxonada qolayotgan 75 kishidan 23 kishining ahvoli og‘ir. Bir necha kishi izsiz yo‘qolgan. Hodisa uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)