Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Modani sevuvchilar garderobini 1—2 juft baland poshnalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni ofisga yoki do‘stlar bilan uchrashuvga kiyasizmi, baland poshnalar har qanday libosning ko‘rkini oshiradi. Faqat bir holatda: agar siz ularda yurishni bilsangiz. Agar yurganingizda oyoqlaringiz qaltiray boshlasa, boshida baland poshnada yurishni o‘rganishingiz lozim. Bu nafaqat yurishingizni yaxshilaydi, balki sizni kutilayotgan jarohatlar xavfidan himoya qiladi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Maydaroq qadam

Odatdagidan ko‘ra maydaroq qadam sizga yuqori poshnalarda muvozanatni ushlashda yordam beradi.

Tovondannoyoq uchiga

Oyoqqa turganingizda vazningizni avval tovonga, keyin esa oyoq uchiga tashlang. Agar siz butun oyog‘ingizda turishga urinsangiz, muvozanatni yo‘qotishingiz mumkin.

O‘lcham ahamiyatga ega

Oyoqni siqadigan yoki oyoqda o‘ynab turadigan tuflilar faqat yurishga emas balki, oyoq kaftiga, to‘piqqa, tizza va belga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ortopedlar poshnali tuflilarni uchi bilan bosh barmoq orasida bosh barmoq sig‘adigan masofa qoladigan qilib tanlashni tavsiya qilishadi. Shunda oyoqlaringiz barmoqlariga harakat qilish uchun joy qoladi.

Tagcharm ishqalanishi

Balerinalar yurishiga hech kim tenglasha olmaydi, bunga jiddiy sabablar bor. Sahnada qushday yengil yurish uchun ularga nafaqat g‘oyatda katta kuch va chidam, balki sirg‘anishga pand bermaydigan oyoq kiyimi ham talab  qilinadi. Sirpanib ketmasligi va ularga g‘adir-budirlik berish uchun tufli tagcharmini jilvir qog‘ozi bilan ishqalang.

Sekin yuring

Baland poshnalarda yurganda, ayniqsa birinchi marta bo‘lsa, yaxshisi shoshilmang. Shoshilmasdan qadam tashlash muvozanatni saqlashga yordam beradi.

Musiqa haqida o‘ylang

Agar har qadamda diqqatingizni qayerga va qanday oyoq bosishga qaratsangiz, u holda qoqilib ketishingiz hech gapmas. Baland poshnada yurishni avtomatik tarzga keltirish uchun sizga marom yordam beradi: aqlingizda sevgan musiqani chaling va o‘zingizni sahnadagi super-modellardek his qiling!

Tayanch

Do‘konlarda siz oyoq kaftlari uchun ko‘plab har xil pataklar topishingiz mumkin. Ortopedlarning ta’kidlashicha, bunday ko‘rinmas tayanchlar nafaqat baland poshnalar kiyishni qulaylashtiradi, balki jarohatlar olishni ham kamaytiradi.

Manba: “Zdorovie.com”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi