Belgiyaning teng imkoniyatlar va qashshoqlikka qarshi kurashish davlat kotibi Zuhal Demir beixtiyor NATO mamlakatlari yetakchilari rafiqalarining Bryusselda bo‘lish dasturi haqidagi maxfiy ma’lumotni fosh qildi. Bu haqda Het Laatste Nieuws gazetasi xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu Amerika maxsus xizmatlari noroziligiga sabab bo‘lgan.
Siyosatchi VRT telekanali efirida chiqish qila turib, unga AQSh, Fransiya va Kanada birinchi xonimlariga bryussellik mashhur rassom Rene Magritta muzeyida hamrohlik qilish vazifasi yuklatilganligini ma’lum qildi. Demir buning uchun baland poshnali tufli xarid qilganligini ta’kidladi.
Amerika maxsus xizmatlarining tashrif bilan bog‘liq maxfiylikni ta’minlash borasidagi talablari buzilganligi tufayli Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel davlat kotibini Shimoliy Atlantika alyansi yetakchilari rafiqalariga hamrohlik qilishdan chetlatgan.
Endi ularga Belgiya bosh vaziri va NATO bosh kotibining rafiqalari hamrohlik qilishi haqida qaror qabul qilingan.
Shimoliy Atlantika alyansi sammiti 25-may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)