Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kuba AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklaganini “bema’nilik” deb hisoblaydi. Bu haqdagi rasmiy xabar Kuba televideniyesi efirida o‘qib eshittirildi, deb ma’lum qildi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Qo‘shma Shtatlarning bu borada yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan prezidenti Donald Trampning Kuba xalqiga 20-may kuni munosabati bilan yo‘llangan bayonoti chop etildi. AQShda bu sana Kuba respublikasi tashkil topgan kun hisoblanadi. Vaholanki, shu kuni 1959-yil 1-yanvargacha hukm surgan Amerika mustamlakasiga asos solingandi. 1959-yilda Kubada Fidel Kastro boshchiligidan inqilob g‘alaba qozondi va amerikaparast Batista tuzumiga chek qo‘yildi”, — deyiladi Kuba televideniyesi xabarida.

20-may kuni Tramp Kuba xalqi va AQShdagi kubaliklarni orol Ispaniya hukmronligidan xalos bo‘lganining 115 yilligi bilan tabriklagandi.

U “Kuba xalqi demokratik qadriyatlar, iqtisodiy, diniy erkinliklar va inson huquqlarini yoqlovchi hukumatga munosib” ekanligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...