Janubiy Koreya harbiylarining fikricha, KXDR “Pukkikson-2” o‘rta masofali ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shtab boshliqlari qo‘mitasi hisob-kitoblariga qaraganda, raketa maksimal 560 kilometr balandlikka ko‘tarilgan.
Uchirish Pxyonan-Namdo provinsiyasining Pukchxan tumanida amalga oshirildi. Raketa qit’alararo turda bo‘lmay, 500 kilometr uchib, Koreya yarim oroli sharqiy sohilidan 350 kilometr narida, Yapon dengizida quladi.
Bir muddat ilgari KXDR yana bir raketa sinovini o‘tkazgani va raketa Yaponiya iqtisodiy zonasiga yetmay pastlagani xabar qilingan edi.
Izoh (0)