Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqari sessiyasida partiya raisi etib qayta saylandi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning nomzodini 1414 delegat qo‘llab-quvvatladi.
Konstitutsion o‘zgarishlar yuzasidan o‘tkazilgan referendumdan so‘ng Erdo‘g‘on partiyaga qaytishga qaror qildi. Unga qadar Turkiya prezidenti siyosiy partiya a’zosi bo‘lishi mumkin emas edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sessiyasiga ketayotgan izmirlik delegatlar avtobusi Po‘latli shahrida halokatga uchragan edi.
Izoh (0)