IShID terrorchi tashkilotining o‘n nafar a’zosi Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining Nangarxar viloyati Shaparxar tumanidagi qo‘shma operatsiyasi chog‘ida IShIDning kamida o‘n jangarisi, shu jumladan, tashkilotning nufuzli dala komandirlaridan biri yo‘q qilindi, olti terrorchi jarohat oldi”, — ma’lum qildi mamlakat ichki ishlar vazirligi vakillari.
Operatsiya chog‘ida maxfiy aslahaxona topildi. U jangarilarning yo‘q qilingan guruhiga tegishli edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)