Yamanning 18 viloyatida avj olgan vabo epidemiyasi qurbonlari soni 242 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq BMT Bollar jamg‘armasi (YuNISЕF) missiyasi 209 qurbon haqida ma’lumot bergan edi.
Shuningdek, 23,4 mingdan ortiq kasallik yuqishi holatlari qayd qilingan. Yaman sog‘liqni saqlash vazirligi gumanitar tashkilotlarni epidemiyaga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishga chaqirmoqda.