Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Android operatsion tizimining yangi versiyasi an’anaviy Google I/O konferensiyasida taqdim etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Yangi Android O operatsion tizimida ishlab chiquvchilar optimallashtirishga juda katta e’tibor qaratdi. Masalan, GPS’dan ma’lumotlar va trafik uzatilishi fonli rejimda ochilgan dasturlarda qisqartirilishi mumkin.

Shuningdek, yangi funksiyalar qatorida picture-in-picture bor, u qurilma ekranida bir yo‘la ikkita dastur bilan ishlash imkonini beradi.

Bildirishnomalar tizimi qayta ishlangan va endi dastur ikonkasi uzoq bosib turilsa, ularni oldindan ko‘rish funksiyasi bor. Dasturlar do‘koniga zararkunanda dasturlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan kengaytma qo‘shilgan.

Yangi operatsion tizimning nomi va qaysi sanada chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak