Amerikalik kinorejissor Maykl Mur AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi hujjatli film ustida ish olib bormoqda. Film “Farengeyt 11/9” deb nomlanadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Kartina prodyusseri Xarvi Vaynshteyn bo‘lib, u Murning yana bir mashhur filmi “Farengeyt 9/11” filmiga ham prodyuserlik qilgan. Film 2001-yil 11-sentabridagi teraktlarga bag‘ishlangan edi.
Yangi filmning nomlanishi bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalari ma’lum bo‘lgan 2016-yil 9-noyabr sanasiga havola etiladi.
Vaynshteynning so‘zlariga qaraganda, yangi film “eng yangi usullar” bilan tarqatiladi.
Izoh (0)