Qirg‘iziston raqamli teleuzatishga o‘tishi munosabati bilan ushbu mamlakatda muqobil televideniye o‘chirildi. Bu haqda, mamlakat hukumatining matbuot xizmatiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Raqamli teleuzatishga o‘tilishi mamlakat axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi, shuningdek, aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini sifatli teleuzatish yordamida qondirish bilan bevosita bog‘liqdir”, — ma’lum qildi agentlikning suhbatdoshi.
Endilikda respublika fuqarolari televideniye efirlarini ko‘rish uchun qabul qilgich yoki STV DVB-T2 standartini qo‘llab-quvvatlovchi televizor o‘rnatishi lozim bo‘ladi.
Hukumat ma’lumotiga qaraganda, bugungi kunda mamlakatda 54 raqamli uzatkich o‘rnatilgan bo‘lib, ular mamlakat aholisining 95 foizini raqamli televideniye efirlari bilan ta’minlaydi. Qolgan 5 foiz aholi 326 punktda istiqomat qilib, ular raqamli televideniyening qoplash zonasiga kirmaydi.
Izoh (0)