Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda tomonlar Yaponiyaning ijtimoiy ta’minot bo‘yicha yirik kompaniyalariga O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish va jalb qilish, Farg‘ona viloyatida Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borish uchun kadrlar tayyorlash markazini ochish, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Yaponiya kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolash masalalari muhokama qilindi. 

Muzokara davomida Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida hamkorlikni yanada chuqurlashishiga xizmat qiluvchi ishonchli, ochiq va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlar o‘rnatilganligini qayd etdi. O‘zbek tomoni Yaponiya mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni ta’minlashib berishi, bunda Germaniya va Turkiya iqtisodiyotini sezilarli darajada rivojlanishiga xizmat qilgan tajribadan kelib chiqish mumkinligini bildirdi. 

O‘z navbatida, Yaponiya tomoni mamlakat mehnat bozoridagi mavjud ehtiyoj bilan tanishtirdi. Bugungi kunda Yaponiya mehnat bozorida tibbiyot xodimlariga ehtiyoj katta bo‘lib, 2017-yil noyabr oyigacha ijtimoiy ta’minot muassasalariga 35 nafar va 1 yil muddatda 1000 nafar O‘zbekiston fuqarosini ish bilan ta’minlash uchun jalb qilishga tayyor ekanligi ma’lum qilindi. 

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mehnat vazirligi matbuot xizmati

Yaponiya tomonining kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj darajasi – yapon tili bo‘yicha 4-darajadagi bilimga ega o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari. Mehnat vaziri Tashqi migratsiya masalalari agentligiga qisqa muddatda Yaponiyada mehnat faoliyatini olib borish uchun nomzodlarni tanlab olish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. 

Nomzodlarni tanlab olish Yaponiyaning “Chet el fuqarolari uchun texnik malaka oshirish dasturini tegishlicha amalga oshirish to‘g‘risida va chet el texnik malaka oshiruvchilarni himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi Qonuni”ga muvofiq Tashqi migratsiya masalalari agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlovdan o‘tgan fuqarolar agentlik huzuridagi Yaponiyaga ketayotgan fuqarolarni jo‘nab ketishdan oldingi moslashtirish va o‘qitish markazida o‘qitilib, joriy yil noyabr oyida Yaponiyada mehnat faoliyatini boshlaydi.

Yaponiya delegatsiyasi tashrif dasturi doirasida Toshkent shahridagi bir qator kollejlar va “Saxovat” qariyalar uyiga tashrif buyuradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi