Shri-Lankadan va Filippindan kelgan bir guruh qochqinlarga Gonkong hududida siyosiy boshpana taqdim etilmadi. Endilikda ular deportatsiya qilinishi mumkin, deb xabar beradi “TASS”.
South China Morning Post gazetasining eslatishicha, 2013-yilda aynan shu qochqinlar AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenga boshpana bergan edi.
“Immigratsion hokimiyat vakillarining qarori mutlaqo aqldan emas”, — dedi ularning advokati, kanadalik huquq himoyachisi Robert Tibbo. U o‘z vaqtida Snoudenga huquqiy yordam ko‘rsatgani bilan mashhur.
Yurist 14 kun ichida hukumat qarori ustidan apellyatsiya topshirilishini bildirdi.
Izoh (0)