Samarqand viloyati tuman va shaharlarida tashkil etilgan sayyor qabullarda aholi murojaatlari asosida hududda mavjud muammolar o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bulung‘ur tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garak rahbari M.Ergashevaning shu paytgacha hal etilmagan muammosiga ham mazkur qabul chog‘ida yechim topildi.
Markazimizda yosh tabiatshunoslar to‘garagi bor. Muassasamiz yaqinidagi foydalanilmay turgan yer maydonini markaz ixtiyoriga berish va bu yerda issiqxona, kichik bog‘ tashkil etib amaliy mashg‘ulotlarni shu yerda olib borish taklifini bildirib tuman hokimligi va boshqa idoralarga ko‘p murojaat qildik. Afsuski, har safar rad javob olardik. Bugungi sayyor qabuldan so‘ng murojaatimiz ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.Shuningdek, Jomboy tumanidan B.Omonovning fermer xo‘jaligidan ish haqini undirish, G.To‘xtayevaning nogiron o‘g‘lini davolatish, S.Mirzayeva, M.Xo‘jamurodovaning ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari ham ijobiy hal etildi.M.Ergasheva, to‘garak rahbari
Izoh (0)