Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Rossiya mamlakatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan parlament sayloviga ta’sir o‘tkaza olishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Uning fikricha, voqealar bu tarzda rivojlanishi reallikdan u qadar uzoq emas.
Boris Jonsonning The Telegraph nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Rossiya uchun saylovda Jeremi Korbin boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi g‘alaba qozongani ma’qul.
Shu intervyu chog‘ida Jonson Brexit’da Bryussel g‘irrom o‘yin qilishi mumkinligini bildirib o‘tgan edi.
Izoh (0)