2016-yil hisobidan Ukraina davlat fiskal xizmati 1 million grivnadan ko‘proq daromad olgan 3504 kishini qayd qildi. 2015-yilga nisbatan millionerlar soni 1180 kishiga yoki 25 foizga qisqardi. Bu haqda, xizmat rasmiy saytiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Eng ko‘p millionerlar Kiyevda qayd qilindi — 1686 kishi. Undan keyingi o‘rinlarda Xarkov (287), Dnepropetrovsk (216) va Odessa (211) viloyatlari turibdi.
Shu bilan birga, millionerlarning daromad summasi oldingi yildagiga nisbatan 13 foizga yoki 3,2 milliard grivnaga ko‘paydi.
Izoh (0)