O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan bitimlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 9—10-may kunlari “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ko‘magida “Uzglobaltreyd” Savdo uyi vakillari yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari bilan tanishish uchun Farg‘ona vodiysiga tashrif buyurdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Ular, jumladan, Andijon va Namangan viloyatlari fermer xo‘jaliklari va tarqatish markazlari faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, viloyat va tumanlar hokim o‘rinbosarlari bilan ushrashdi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, avval imzolangan kelishuvlar asosida ko‘p miqdordagi meva va sabzavotlarni (ular yetila borishiga qarab) yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda sarhil va qayta ishlangan mevalar, sabzavotlar va poliz ekinlari eksport hajmini oshirish va ular ro‘yxatini kengaytirish yo‘nalishi tanlangan. Bugungi kunda ularning asosiy importyori Rossiya hisoblanadi.
Izoh (0)