Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 10-turidan joy olgan 5 ta uchrashuvga yakun yasaldi.
G‘uzorning “Sho‘rtan”i Toshkentning uch grand jamoasini dastlabki o‘n turda mag‘lub etgan klubga aylanib oldi. Bunga qadar “Lokomotiv”ni 2:0, “Paxtakor”ni esa 3:0 hisobida yenggan “gazchilar”, 10-turda Mirjalol Qosimov murabbiylik qilayotgan “Bunyodkor”ni taslim qildi — 1:0.
Ma’lumot uchun, Qosimov “qaldirg‘ochlar” bilan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishni ikki kun avval boshlagandi.
Turning markaziy o‘yini vodiyda kechib, unda Namangan va Qo‘qon shahri klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Valentin Kovalenko 90-daqiqaga kelib hisobda oldinda borayotgan mezbonlar darvozasiga penalti tayin qildi va shu tariqa vodiy derbisi durang bilan yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 10-tur bellashuvlari 12-may, juma
“Metallurg” — “So‘g‘diyona” 3:1
Gollar: Islom Qobilov, 9 (1:0). Doston Tursunov, 22 (2:0). G‘ulom O‘runov, 47-pen (2:1). Jahongir Abdumo‘minov, 54 (3:1).“Neftchi” — “Obod” 1:0
Gol: Mo‘ydin Mamazulunov, 65 (1:0).“Navbahor” — “Qo‘qon—1912” 1:1
Gollar: Nemanya Yovanovich, 23 (1:0). Murod Xolmuhammedov, 90-pen (1:1).“Sho‘rtan” — “Bunyodkor” 1:0
Gol: Umar Eshmurodov, 14 (1:0).“Paxtakor” — “Buxoro” 2:1
Gollar: Vladimir Kozak, 47 (1:0). Suhrob Nurillayev, 82 (2:0). Ivan Nagayev, 90 (2:1).13-may, shanba“Dinamo” — “Nasaf”“Lokomotiv” — “Qizilqum”“Mash’al” — “Olmaliq”
Izoh (0)