“Suriya demokratik kuchlari” (SDF) guruhi otryadlari Suriyaning Tabka shahrini IShID jangarilaridan butunlay tozaladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kurd otryadlari Rakkadan 40 kilometr naridagi shaharni hamda uning yonida joylashgan, Suriyadagi eng yirik to‘g‘onni jangarilardan ozod qilgan.
SDF AQSh boshchiligidagi koalitsiya yordamida IShIDning norasmiy poytaxti bo‘lmish Rakka tomon siljishda davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)