Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori harakat qiladigan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining so‘nggi turida ham mag‘lub bo‘ldi.

Foto: “OSports”

Foto: “OSports”
Avstraliyada “Vestern Sidney” mehmoni bo‘lgan shanxayliklar safida Xalk va Oskar maydonga tushmadi. Legionerlardan Odil Ahmedov va Elkesen to‘p surgan bellashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Parallel o‘yinda Yaponiya klubi Seulda mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, kunchiqar yurtning “Urava Red” klubi guruhni peshqadam sifatida yakunladi. “Shanxay SIPG” bunga qadar Yaponiyada aynan shu jamoadan 0:1 hisobida yengilgandi.

Osiyo Chempionlar ligasi “F” guruhi. 6-tur 10-may, chorshanba

“Vestern Sidney” (Avstraliya) — “Shanxay SIPG” (Xitoy) 3:2

Gollar: Vu Li, 1 (0:1). Kusukami, 3 (1:1). Lustika, 6 (2:1). Elkeson, 23 (2:2). Sotirio, 89 (3:2).

Foto: OFK

Foto: OFK

O‘zbekistonning ikki yetakchi klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘ta olmagani inobatga olinsa, endi turnirda o‘zbekistonlik faqat bir nafar futbolchi qoldi.

Nimchorak finalda Xitoyning ikki klubi o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. Unga ko‘ra, Odil Ahmedov jamoadoshlari chorak finalga chiqish uchun “Jiangsu” klubini ortda qoldirishi kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda