Astronomlar Baliq yulduzlar turkumida ulkan sayyoralar va jigar rang pakanalar, muvaffaqiyatsiz yulduzlar o‘rtasidagi oraliq holatda bo‘lgan noodatiy obyektni topdi. Bu haqda Astrophysical Journal Letters’da chop etilgan maqolada so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“SIMP0136 ni jigarrang pakanalardan o‘z yulduzlaridan qochib ketgan ‘mustaqil’ ulkan sayyoralar nufuzli klubiga o‘tkazilishi biz uchun yoqimli kashfiyot bo‘ldi. Avvalroq uni jigarrang pakana deb hisoblagan vaqtda ham biz ushbu obyektda havo borligini ko‘rsatuvchi belgilarni topgandik. Uni o‘rganish boshqa ekzosayyoralar tarkibi va undagi atmosfera holatiga oydinlik kiritishga yordam beradi”, — deya aniqlik kiritadi Monreal universiteti tadqiqotchisi Etyen Artigo.
Artigo va uning hamkasblari avvalroq eng sovuq va noodatiy jigar rang pakana hisoblangan obyekt — SIMP0136 xususiyatlarini o‘rganib, sayyoralar va yulduzlar o‘rtasidagi chegara yanada noaniq ekanligini aniqladi.
Mazkur yulduzgacha bo‘lgan masofa astronomlarga uning yuzasi haroratini juda aniq o‘lchash, uning kimyoviy tarkibini hisoblab chiqish va boshqa xususiyatlarini ochish imkoniyatini berdi.
Izoh (0)