Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Al-Ahli” mehmoni bo‘lib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va xalqaro maydon bilan xayrlashdi.

Foto: “Lokomotiv”

Foto: “Lokomotiv”

Uchrashuvdan keyin BAAda faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Lokomotiv” aslida qanday klubga imkoniyatni boy bergani borasida fikr bildirdi.

Nikimbayevning Twitter sahifasida qayd etishicha, BAA chempionatida mavsum yakuniga yetay deb qoldi. Bu esa futbolchilarda charchoq alomatlarini ko‘rsatishi mumkin.

Klub mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmay, 3-o‘rinda yurgani uchun ham ichki muhit u qadar yaxshi emas, aniqrog‘i, tushkunlik holati hukmron.

Shuningdek, “Al-Ahli” rahbariyatining futbolchilar oldida qarzdorligi mavjud. Bu qarzdorlik o‘tgan yilgi mavsumdan buyon davom etib kelmoqda. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi jamoasi “Al-Ahli”dan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, tomonlarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida zafar quchgandi. Ammo qo‘lga kiritilgan jami 5 ochko navbatdagi bosqich uchun kamlik qildi va “Lokomotiv” guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)