Toshkentning “Lokomotiv” klubi hamshahri “Bunyodkor” kabi Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokiga yakun yasadi.
“Bunyodkor” 4-turdan keyinoq taqdirga tan bergan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar” so‘nggi turga qadar kurash olib bordi va Amirlikdagi yirik mag‘lubiyat sabab xalqaro maydondan chetda qoldi.
“Lokomotiv” navbatdagi bosqichga chiqishi uchun “Al-Ahli”ni taslim qilishi kerak edi. Biroq Mirko Yelichich shogirdlari yirik — 0:4 hisobida yengildi.
Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasini qayd etib, chorak finalga qadar yetib borgandi.
Shu tariqa Chempionlar ligasida O‘zbekiston klublari qolmadi. “Nasaf” pley-offdayoq taqdirga tan bergan bo‘lsa, Toshkentning ikki klubi guruh bosqichidan nariga o‘ta olmadi.
Chempionlar ligasining kelasi yilgi mavsumida ham O‘zbekiston 1+2 kvotasi bilan harakat qiladi. Mamlakat chempioni guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olsa, qolgan ikki klub saralashda ishtirok etadi.
Osiyo Chempionlar ligasi “A” guruhi. 6-tur 9-may, chorshanba
Izoh (0)