Amerikaning Lake Champlain raketa kreyseri va Koreya Respublikasi baliq ovlovchi kemasi Yapon dengizining xalqaro suv hududida to‘qnashib ketdi. Bu haqda 9-may, seshanba kuni AQSh harbiy doiralari vakili ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr manbasining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv Koreya yarimorolidan sharqdagi xalqaro suv hududida yuz bergan. Pentagon vakili hodisa aynan qanday vaziyatlarda yuz berganligiga aniqlik kiritmagan. Lake Champlain kreyseri bir necha hafta avval KXDR qirg‘oqlariga ko‘chirilgan Amerika aviatashuvchi zarba berish guruhining bir qismi hisoblanadi.
AQSh Harbiy-havo kuchlari yozma bayonotiga ko‘ra, hodisa oqibatida har ikkala tomondan hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)