Exit Poll natijalariga ko‘ra, Janubiy Koreyada o‘tayotgan prezident saylovida asosiy muxolif tomon hisoblanmish “Toburo” demokratik partiyasidan nomzod Mun Je In yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ovoz berganlarning 41,4 foizi aynan shu nomzodni tanlagan.
Uning raqibi, “Koreys ozodligi” konservativ partiyasi yetakchisi Xon Jun-Pxyo 23,3 foiz ovoz oldi.
Nihoyat, uchinchi o‘rinda “Xalq partiyasi” nomzodi An Chxol Su 21,8 foizlik ko‘rsatkich bilan turibdi.
Izoh (0)