Turkiya prokuraturasi AQSHda istiqomat qiluvchi muxolif siyosatchi Fathulloh Gulenni 3623 umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda, Hurriyet nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, idoraning talabiga binoan, Gulen 2,2 million kunlik qamoq jazosiga teng jarimaga tortilishi lozim.
Mamlakatda Gulenga nisbatan 20 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)