Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent Fotosuratlar uyida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘rgazma ochildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va boshqalar yoshi ulug‘ insonlarga, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylariga hurmat ko‘rsatish, ularning turmush tarzini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samara berayotganini ta’kidladi.

“Bugungi tadbirga taklif etilganimdan boshim ko‘kka yetdi, — dedi mehnat faxriysi V.Ziyoyev. — Davlatimiz tomonidan yoshi ulug‘ insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor bizni yana ijodga undayapti. 80 yoshga kirsam-da, qo‘limdan mo‘yqalamim tushgani yo‘q. Yaqinda shaxsiy ko‘rgazmamni san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etdim, bugungi tadbirda ham beshdan ortiq chizmam namoyish qilinmoqda”.

Ko‘rgazmada Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Y.Gadeskiy, mehnat faxriylari M.Yo‘ldoshev, A.Mo‘minov, V.Ziyoyev, A.Slugin, G.Serov, Y.Shubina, A.Dones kabi musavvir va fotorassomlar ijodidan namunalar havola etilmoqda.

Urush va mehnat faxriylariga sovg‘alar taqdim etildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining xor jamoasi tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?