FIFA Messidan diskvalifikatsiyani olib tashladi va u Argentina termasiga qaytdi
Argentina va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash o‘yinidan keyin FIFA tomonidan 4 ta o‘yinga chetlatilgan Lionel Messidan aybdorlik olib tashlandi. Bu haqda “TASS” FIFA rasmiy saytiga asoslanib ma’lumot berdi.
29 yoshli futbolchi Chiliga qarshi o‘yinda qanot hakamini haqorat qildi deb topilgandi. Vaholanki hakamlarning o‘zi Messidan yomon gap eshitmaganini qayd etgan.
Orada Messi Boliviyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi va Argentina terma jamoasi mag‘lub bo‘ldi. Ayni paytda argentinaliklarning saralashning beshinchi jamoasi bo‘lib turibdi. Bunda Rossiya mundialiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi chipta xavf ostida qolmoqda.
FIFA Messidagi diskvalifikatsiyani bekor qilgach, Messi qolgan uchrashuvlarda Argentinaga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
